Ombor
Mahsulotlar, qoldiqlar, kirim-chiqim va FIFO / LIFO / o'rtacha tannarx hisobi.
Falco — ombor, savdo, kassa, xaridlar, moliya va xodimlarni bir joyda boshqaradigan bulutli ERP. Qog'oz va Excel jadvallar o'rniga — aniq raqamlar, real vaqtda.
9
modul — bitta tizimda
3
til: UZ · RU · EN
2
Kompyuter va telefonda
Ko'p biznes egalari bir xil muammolarga duch keladi. Falco aynan shularni hal qilish uchun yaratilgan.
Hozir
Qoldiq Excel'da bir xil, omborda boshqacha
Falco bilan
Har bir sotuv va kirim ombor qoldig'ini avtomatik yangilaydi.
Hozir
Kassada qancha pul borligi aniq emas
Falco bilan
Kassalar, kirim va chiqimlar real vaqtda bitta joyda ko'rinadi.
Hozir
Qarzlar daftarda yo'qolib ketadi
Falco bilan
Mijozning qarzi va balansi sotuv bilan birga hisoblanadi.
Hozir
Har bir xodim hamma narsani ko'ra oladi
Falco bilan
Har bir xodimga alohida rol: kim nimani ko'rishi va o'zgartirishini siz belgilaysiz.
Hozir
Hisobotni kutish kunlar oladi
Falco bilan
Savdo va foyda hisobotlari tayyor, kerakli hisobotni o'zingiz ham yig'asiz.
Sotuvni bir marta kiritasiz — qolganini Falco o'zi qiladi. Ma'lumotni qayta-qayta yozish shart emas.
Sotuv kiritiladi
Ombor qoldig'i kamayadi
Pul kassaga tushadi
Nasiya bo'lsa — mijoz balansiga yoziladi
Hisobotda darhol ko'rinadi
Har bir bo'lim boshqalari bilan bog'langan: sotuv omborni kamaytiradi, kassaga tushadi va hisobotda darhol ko'rinadi.
Mahsulotlar, qoldiqlar, kirim-chiqim va FIFO / LIFO / o'rtacha tannarx hisobi.
Tezkor kassa, chek chop etish, buyurtmalar, hisob-fakturalar va qarzdorlik.
Ta'minotchilar, xarid buyurtmalari va tovarni omborga qabul qilish.
Kassalar, kirim va chiqimlar, pul oqimi va xarajat toifalari.
Mijozlar bazasi, toifalar, balans va xaritada joylashuv.
Xodimlar, bo'limlar, rollar va har bir modul bo'yicha ruxsatlar.
Retseptlar (tarkib), ishlab chiqarish buyurtmalari va xomashyo sarfi.
Marshrutlar, yetkazib berishlar va xaritada eng qisqa yo'lni hisoblash.
Savdo tahlili, foyda, eng ko'p sotilganlar va o'zingiz yig'adigan hisobotlar.
Falco savdo, ombor va ishlab chiqarish bilan ishlaydigan har xil biznesga moslashadi.
Kassa, chek, ombor va pul — bitta oynada.
Buyurtmalar, qarzdorlik, marshrutlar va yetkazib berish.
Retseptlar, ishlab chiqarish buyurtmalari va xomashyo sarfi.
Xizmatlar, mijozlar bazasi, hisob-fakturalar va to'lovlar.
Mahalliy biznes ehtiyojlarini hisobga olib qurilgan zamonaviy tizim.
Har bir xodim o'ziga qulay tilda ishlaydi — o'zbek, rus yoki ingliz.
Kassa, ombor va hisobotlar bilan istalgan qurilmadan ishlang.
Yangi sotuv, kam qolgan tovar va to'lovlar haqida guruhingizga xabar.
Hujjatlarni rasmdan o'qish va omborni kamera orqali sanash.
Kim nimani ko'rishi va o'zgartirishi mumkinligini aniq belgilang.
Mahsulot, mijoz, ta'minotchi va xodimlarni Excel fayldan bir zumda yuklang.
Kassada 58 va 80 mm printerlarda chek chiqaring — USB yoki Bluetooth orqali.
Savol tug'ilsa — tizimdagi chat orqali jamoamizga yozing.
Har bir kompaniya ma'lumoti alohida saqlanadi, kirishlar himoyalangan.
Ismingiz, kompaniyangiz va telefon raqamingizni yozing.
Biz siz bilan bog'lanib, obuna shartlarini kelishamiz va kompaniyangiz uchun alohida manzil (kompaniya.falco.business) hamda hisoblarni ochamiz.
Mahsulotlarni Excel'dan yuklang, xodimlarni qo'shing va sotishni boshlang.
Ha. Mahsulotlar, mijozlar, ta'minotchilar va xodimlarni Excel fayldan yuklash mumkin, shablonni tizimning o'zidan yuklab olasiz.
Ha. Falco telefon va planshet brauzerida ham ishlaydi.
Ha. Har bir xodimga rol beriladi, har bir bo'lim bo'yicha ko'rish, yaratish, o'zgartirish va o'chirish ruxsatlari alohida belgilanadi.
Har bir kompaniyaning ma'lumoti boshqalardan ajratilgan holda saqlanadi. Tizimga kirish telefon raqam va parol bilan himoyalangan, noto'g'ri urinishlar cheklanadi.
Narx foydalanuvchilar soni va obuna muddatiga bog'liq. Ariza qoldiring — biz siz uchun mos shartlarni aytamiz.
Ariza qoldiring. Biz siz bilan bog'lanib, kompaniyangiz uchun alohida manzil va hisoblarni ochamiz.
Ma'lumotlaringizni qoldiring — biz siz bilan bog'lanib, tizim bilan tanishtiramiz va obuna shartlarini aytamiz.